Tog‘ chang‘isida halol sport sari qadam: sportchilarga antidoping taʼlimoti seminari o‘tkazildi
2025-08-05 18:10:00 / Yangiliklar

Sportda adolat va shaffoflikni taʼminlash, har bir g‘alabaning ortida halol mehnat turishini kafolatlash — bugungi kunda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining ustuvor maqsadlaridan biriga aylangan. Ana shu ezgu maqsad yo‘lida Agentlik tomonidan tog‘ chang‘isi bo‘yicha terma jamoa aʼzolari, murabbiylar, sport shifokorlari va masʼul xodimlar ishtirokida antidoping taʼlimoti seminari tashkil etildi.
Seminarda ishtirokchilarga ADEL taʼlim platformasidan samarali foydalanish, ADAMS monitoring tizimini to‘g‘ri yuritish hamda antidoping qoidabuzarliklarning turlari va ularning oqibatlari haqida batafsil maʼlumot berildi. Maʼruzalar interaktiv tarzda o‘tkazilib, sportchilar o‘z savollariga javob olish, amaldagi qoidalarni chuqurroq anglash imkoniga ega bo‘ldilar.
Bu kabi seminarlar nafaqat bilim berish, balki sportda halollikni qadrlash, masʼuliyatni oshirish va kelajakdagi muvaffaqiyatlarni sof yo‘l bilan qo‘lga kiritishga xizmat qilmoqda. Tog‘ chang‘isi kabi texnik va jismoniy tayyorgarlikni talab qiluvchi sport turida dopingsiz g‘alaba — haqiqiy mahorat va intizom mezonidir.



