Xalqaro hamkorlik
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi (Oʻzkomnazorat) faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri — xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va sohada ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish orqali milliy nazorat tizimini takomillashtirishdan iboratdir.
Inspeksiya Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda xalqaro tashkilotlar — jumladan, Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI/ITU), Butunjahon pochta ittifoqi (BPI/UPU), Aloqa sohasida hududiy hamdoʻstlik (AS‘HH), Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) va boshqa mintaqaviy tuzilmalar bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida sifatli nazorat mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro aloqalarni rivojlantirib bormoqda.
Xalqaro hamkorlik inspeksiya uchun:
milliy AKT va telekommunikatsiya xizmatlari sifati ustidan nazoratni xalqaro standartlarga muvofiq olib borish;
radiochastota spektridan foydalanish ustidan monitoring mexanizmlarini takomillashtirish;
sun’iy yo‘ldosh tizimlari va tarmoqlarning texnik talablari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni moslashtirish;
pochta xizmatlari xavfsizligi va sifati ustidan samarali nazoratni tashkil etish;
texnik ko‘mak va mutaxassislar malakasini oshirish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi.
Xalqaro tashkilotlar bilan yaqin aloqalar, inspeksiyaning ishtirokida ishlab chiqilayotgan standartlar, tavsiyalar va texnik hujjatlar, shuningdek, xalqaro hamkorlik doirasidagi monitoring va audit tadbirlari milliy axborot-kommunikatsiya tizimining barqaror va xavfsiz faoliyat yuritishini taʼminlashga xizmat qilmoqda.
