Namanganda aloqa kabeliga şikast yetkazgan fuqaroga nisbatan ma’muriy çora körildi
2026-11-11 15:30:00 / Yangiliklar

Raqamli xizmatlarning uzluksiz işlaşi bevosita aloqa tarmoqlarining barqarorligiga boğliq. Biroq joylarda özboşimçalik bilan olib borilayotgan yer qaziş işlari aloqa liniyalariga şikast yetişiga sabab bölmoqda.
Namangan şahrining Davlatobod tumani “Nurobod” MFY hududida fuqaro A.A. ariq ötkaziş uçun yer qaziş işlari davomida aloqa liniyasi muhofaza hududida tarmoq egasi bilan kelişmasdan hamda mutaxassislarni jalb etmasdan iş olib borgan. Oqibatda “Özbektelekom” AK Şarqiy filialiga qaraşli şişa tolali aloqa kabeli uzilib ketgan.
“Özkomnazorat” inspeksiyasining Namangan viloyati hududiy bölimi tomonidan ötkazilgan örganiş natijasida fuqaro Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-maydagi 210-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiya liniyalari va inşootlarini muhofaza qiliş qoidalari” talablarini buzganligi aniqlandi. Holat yuzasidan fuqaro A.A. ga nisbatan "Ma’muriy javobgarlik töğrisida"gi kodeksning 154-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy jarima jazosi qöllanildi.
