Andijonda talabalar uçun “AI-talaba forumi” ötkazildi
2026-11-12 10:45:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasini rivojlantiriş, yoşlarning zamonaviy kasblarni egallaşi va taşabbuslarini röyobga çiqarişga tizimli yondaşilmoqda. Şu jarayonning uzviy davomi sifatida Toşkent Xalqaro Universitetining (TIU) Andijon kampusida Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda uning tizim taşkilotlari hamkorligida “AI-talaba forumi” taşkil etildi.
Tadbir “Özkomnazorat” inspeksiyasi boşliği F. Rustamovning yoşlar bilan uçraşuvida kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt hamda dasturiy ta’minot yönalişlarida tahsil olayotgan talabalar bildirgan taklif va taşabbuslarning amaliy ijrosi doirasida ötkazildi.
Şunga köra, forum kun tartibidan yoşlarning sohaga oid bilim va könikmalarini mustahkamlaşga qaratilgan dolzarb masalalar joy oldi. Jumladan, mutaxassislar va mentorlar tomonidan raqamli texnologiyalar rivojidagi yangi yönalişlar, yoşlar uçun yaratilayotgan ta’lim imkoniyatlari hamda “aileaders.uz” platformasining afzalliklari yuzasidan taqdimotlar qilindi. Şu bilan birga, axborot xavfsizligini ta’minlaş, kibermakonda huquqiy me’yorlarga amal qiliş va foydalanuvçilarning şaxsiy mas’uliyati böyiça fikr almaşildi.
Tadbirning yana bir muhim qismi sifatida “Özbekkosmos” agentligi vakillari iştirokida kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida xotin-qizlar uçun yaratilgan şaroit hamda imtiyozlar haqida ma’lumot berilib, talaba-qizlar mazkur yönalişdagi loyihalarda faol qatnaşişga çaqirildi. Uşbu forum talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan boğlaş, ularning malakasini oşiriş va kelgusida raqobatbardoş mutaxassislar bölib yetişişiga xizmat qiladi.
