Samarqandda talaba-yoşlar bilan uçraşuv ötkazildi
2026-10-29 10:45:00 / Yangiliklar

Axborotlaştiriş va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boşliği Farrux Rustamov Samarqand viloyatiga xizmat safari doirasida Samarqand davlat universitetining Telekommunikatsiya va kompyuter injiniringi fakultetiga taşrif buyurdi.
Taşrif haftaning har payşanba kuni an’anaviy tarzda ötkazib kelinayotgan “Yoşlar kuni” doirasida taşkil etildi. Dastlab fakultetda yoşlarning zamonaviy kasb-hunar va ilğor bilimlarni egallaşi uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişildi. Ixtisoslaştirilgan laboratoriyalar imkoniyatlari közdan keçirilib, talaba-yoşlar tomonidan axborot texnologiyalari, dasturiy yeçimlar va telekommunikatsiya yönalişida işlab çiqilgan innovatsion startaplar körib çiqildi. Yoşlarning intellektual salohiyatini röyobga çiqariş va amaliy işlanmalarini amaliyotga tatbiq etiş yuzasidan tavsiyalar berildi.
Şundan söng talaba-yoşlar bilan bevosita muloqot ötkazildi. Unda yoş mutaxassislarning raqamli iqtisodiyotdagi örni, kiberxavfsizlik talablari hamda axborot makonida şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş masalalari muhokama qilindi. Talabalar öz taşabbus va takliflarini bildirib, soha mutasaddilaridan atrofliça javob oldilar.
Uşbu uçraşuv yoşlarning sohaviy salohiyatini yuksaltiriş, ularning soha korxonalarida amaliyot ötaşini yölga qöyiş hamda istiqbolli kadrlar zaxirasini şakllantirişga xizmat qiladi.
