Reklama qönğiroqlari va xabarnomalarini telefon orqali soat 18.00 dan 09.00 gaça tarqatiş taqiqlanadi
2026-10-26 14:25:00 / Yangiliklar

"Aholiga körsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillaştiriş hamda fuqarolar uçun qöşimça qulayliklar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida"gi Prezident qaroriga köra, 2026-yil 1-noyabrdan boşlab:
1️⃣mobil aloqa vositalari orqali SMS-xabarnomalar yöli bilan tovar (iş, xizmat)larni taklif (reklama) qiluvçi har qanday yuridik va jismoniy şaxslar faqat şaxsning yozma yoki elektron roziligini olgandan söng uşbu harakatlarni (reklamani) amalga oşiradi;
2️⃣mobil aloqa vositalariga reklama qönğiroqlari va SMS-xabarnomalarni jönatiş xizmatini körsatuvçi yuridik şaxslar özlarining axborot tizimlarini Şaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida röyxatdan ötkazgandan keyin tegişli xizmatlarni körsatişiga yöl qöyiladi;
3️⃣reklama qönğiroqlari va xabarnomalarini telekommunikatsiya tarmoqlari (mobil aloqa) orqali soat 18.00 dan 09.00 gaça tarqatiş taqiqlanadi;
4️⃣mobil aloqa operatorlariga özlari tomonidan tarqatiladigan reklama qönğiroqlari va xabarnomalarini abonent söroviga köra töliq yoki qisman bloklaş majburiyati yuklatiladi;
5️⃣mazkur belgilangan talablarga rioya etmaslik reklama hamda şaxsga doir ma’lumotlar töğrisidagi qonunçilikni buziş hisoblanadi va tegişli çoralar köriş uçun asos böladi.
