Sayyor qabul
2026-10-20 22:35:00 / E'lonlar

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanuvchilar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo‘limlari tomonidan joriy yilning 22-oktabr kuni soat 15:00 da Toshkent shahri, Yangihayot tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sohaga oid muammolar, takliflar hamda sizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan sayyor qabulda ishtirok etib, mas’ullarga murojaat qilishingiz mumkin.
Manzil: Toshkent shahri, Yangihayot tumani, “Gulshanobod” MFY, 9-qurilish hududi, 46-uy, mahalla ma’muriy binosining faollar zali.
Batafsil ma’lumot uchun:
+998 71-202-69-90;
+998 94 601-16-06
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
