Sayyor qabul
2026-10-11 18:00:00 / E'lonlar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari xizmatlaridan foydalanuvchilar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Jizzax viloyati hududiy bo‘limlari rahbariyati tomonidan joriy yilning 15-oktabr kuni soat 11:00 da Zomin tumanida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sohaga oid muammolar, taklif hamda sizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan sayyor qabulda ishtirok etib, mas’ullarga murojaat qilishingiz mumkin.
Manzil: Jizzax viloyati, Zomin tumani, “Istiqlol” MFY, 3-sonli umumta’lim maktabi binosi.
Batafsil ma’lumot uchun:
+998 72 226 57 88
