Sayyor qabul
2026-10-09 11:25:00 / E'lonlar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari xizmatlaridan foydalanuvchilar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Navoiy viloyati hududiy bo‘limlari tomonidan joriy yilning 13-oktabr kuni soat 11:00 da Tomdi tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sohaga oid muammolar, taklif hamda sizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan sayyor qabulda ishtirok etib, mas’ullarga murojaat qilishingiz mumkin.
Manzil: Navoiy viloyati, Tomdi tumani, “Aqtov” OFY.
Batafsil ma’lumot uchun:
+998 79 223-84-84
+998 79 224-01-11
