Rasmiy munosabat
2026-09-27 10:30:00 / Til bor - millat bor

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan pochta va kuryerlik aloqasi faoliyati hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha bildirilayotgan murojaatlar “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan doimiy monitoring qilib boriladi.
Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahar bosh pochtasi xodimlarining fuqarolar bilan muloqot madaniyati, xizmat ko‘rsatish jarayoni va murojaat etuvchilarga nisbatan e’tiborining yetarli emasligi yuzasidan bildirilgan e’tirozlar nazoratga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi hamda soha mas’ullari jalb qilingan holda xizmat ko‘rsatish sifati va amaldagi me’yorlarga rioya etilishi holati atroflicha o‘rganilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.
