Andijonda talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-09-30 14:45:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi, sohada malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish hamda ularning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda “O‘zkomnazorat” Inspeksiyasi boshlig‘i F. Rustamov Andijon viloyatiga xizmat safari doirasida Toshkent xalqaro universitetining Andijon filialida bo‘lib, talaba-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tashrif davomida oliygohda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilish holati ko‘zdan kechirildi.
Shundan so‘ng universitet binosida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda axborot texnologiyalari sohasidagi so‘nggi tendensiyalar, axborot xavfsizligi, kibergigiyena qoidalari hamda talabalarning innovatsion startap loyihalarini amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularning ilmiy-ijodiy g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.
