Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilimlar mustahkamlanmoqda
2026-09-11 15:00:00 / Yangiliklar

“O‘zkomnazorat” Inspeksiyasida xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish borasidagi huquqiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida test sinovlari o‘tkazildi.
Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi va “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunlari, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga oid belgilangan normalar asosida tuzilgan savollar asosida tashkil etildi.
Mazkur tadbir xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va uning oldini olish, shuningdek, ushbu yo‘nalishdagi qonunchilik talablariga rioya etish bo‘yicha bilimlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.
