Sayyor qabul
2026-09-10 15:00:00 / E'lonlar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari xizmatlaridan foydalanuvchilar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Xorazm viloyati hududiy bo‘limlari tomonidan joriy yilning 11-sentabr kuni soat 10:00 da Yangibozor tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sohaga oid muammolar, taklif hamda sizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan sayyor qabulda ishtirok etib, mas’ullarga murojaat qilishingiz mumkin.
📍 Manzil: Xorazm viloyati, Yangibozor tumani, Yangi-yop mahallasi, Fidokorlar ko‘chasi, 28-uy, Yangibozor tuman IT-Park binosi.
📲 Batafsil ma’lumot uchun:
62-225-49-42
62-225-68-54
