Sayyor qabul
2026-09-09 17:15:00 / E'lonlar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari xizmatlaridan foydalanuvchilar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Navoiy viloyati hududiy bo‘limlari tomonidan joriy yilning 10-sentabr kuni soat 11:30 da Uchquduq tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sohaga oid muammolar, taklif hamda sizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan sayyor qabulda ishtirok etib, mas’ullarga murojaat qilishingiz mumkin.
📍 Manzil: Navoiy viloyati, Uchquduq tumani, “Shalxar” OFY.
📲 Batafsil ma’lumot uchun:
+998 79 223-84-84
+998 79 224-01-11
