Sayyor qabul
2026-08-20 11:25:00 / E'lonlar

Axborot va telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanuvchilar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Samarqand viloyati hududiy bo‘limlari tomonidan joriy yilning 21-avgust kuni soat 08:00 da Jomboy tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sohaga oid muammolar, taklif hamda sizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan sayyor qabulda ishtirok etib, mas’ullarga murojaat qilishingiz mumkin.
📍 Manzil: Samarqand viloyati, Jomboy tumani, Ahmadjon Qurbonov MFY, Saroy ko‘chasi, 5-uy (Prezident xalq qabulxonasi binosi).
📲 Batafsil ma’lumot uchun:
+998 66 234-77-06
