Sayyor qabul
2026-08-20 11:20:00 / E'lonlar

Axborot va telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanuvchilar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Jizzax viloyati hududiy bo‘limlari tomonidan joriy yilning 24-avgust kuni soat 11:00 da Zarbdor tumanida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Sohaga oid muammolar, taklif hamda sizni qiziqtirgan masalalar yuzasidan sayyor qabulda ishtirok etib, mas’ullarga murojaat qilishingiz mumkin.
📍 Manzil: Zarbdor tumani, Andijon MFY, 5-sonli umumta’lim maktabi binosi.
📲 Batafsil ma’lumot olish uchun telefon raqam:
+998 72 226-57-88
