Mustaqillik — tarixiy xotira va milliy g‘urur timsoli
2026-08-13 16:45:00 / Yangiliklar

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasida 31-avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Davra suhbatida qatag‘on yillari bilan bog‘liq tarixiy voqealar, xalqimizning ozodlik va istiqlol yo‘lidagi intilishlari, shuningdek, mustaqillikning mamlakatimiz taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr almashildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, shoir, filologiya fanlari doktori, professor Dilshod Rajabov ishtirok etib, mavzu yuzasidan ma’lumot va fikrlarini bildirdi. Suhbat davomida qatag‘on davrining tarixiy saboqlari, o‘sha davrda ta’qibga uchragan yurtdoshlarimiz taqdiri, mamlakatimizda tarixiy merosni o‘rganish va asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda tarixiy merosni asrab-avaylash, ajdodlar xotirasini e’zozlash hamda mustaqillikning qadr-qimmatini chuqur anglash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
