Rasmiy munosabat
2026-07-17 10:30:00 / Til bor - millat bor

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan mobil aloqa operatorlari xizmatlari sifatiga oid kelib tushayotgan murojaatlar “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan doimiy ravishda monitoring qilinadi.
Jumladan, joriy yilning 16-iyul kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi Ilyos Oqyol sahifasida “Ucell” aloqa operatorining Farg‘ona vodiysi hududlarida mobil aloqa xizmatlari sifati yuzasidan bildirilgan murojaat nazoratga olinib, o‘rganish ishlari boshlandi.
O‘rganish jarayonida murojaat muallifi bilan bog‘lanilib, holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar olindi. Mazkur masala bo‘yicha tegishli aloqa operatori bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda. Natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
