Rasmiy munosabat
2026-07-18 10:05:00 / Til bor - millat bor

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan AKT xizmatlariga oid kelib tushayotgan murojaatlar “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan doimiy monitoring qilinadi.
Jumladan, joriy yilning 17-iyul kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Юнусабадцы" sahifasida elektr ta’minotidagi uzilish sabab internet xizmatida nosozlik yuzaga kelgani yuzasidan e’lon qilingan murojaat nazoratga olinib, tegishli o‘rganish ishlari boshlandi. O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
