Rasmiy munosabat
2026-07-22 10:40:00 / Til bor - millat bor

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan AKT xizmatlariga oid kelib tushayotgan murojaatlar “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan doimiy monitoring qilinadi.
Jumladan, joriy yilning 21-iyul kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Maslahat.uz" sahifasida aloqa operatori tomonidan kabel yotqizish ishlari yakunlangandan so‘ng kavlangan hudud tiklanmagani yuzasidan e’lon qilingan murojaat o‘rganildi.
O‘rganish davomida aloqa operatori mas’ullari bilan bog‘lanildi. Mazkur holat “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan nazoratga olinib, operator tomonidan kavlangan hududni avvalgi holatiga keltirish ishlari tezkorlikda amalga oshirilishi ma’lum qilindi.
