Sayyor qabul
2026-08-03 10:30:00 / E'lonlar

Axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari foydalanuvchilari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Navoiy viloyat hududiy bo‘limlari rahbarlari tomonidan joriy yilning 4-avgust kuni soat 11:00 da Navoiy viloyatida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Agar sizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq muammo yoki o‘zingizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa, sayyor qabulga tashrif buyuring.
📍 Manzil: Navoiy viloyati, Zarafshon shahri, "Bahor" MFY binosi.
📲 Batafsil ma’lumot olish uchun telefon raqamlari:
+998 79 223-84-84
+998 79 224-01-11
