Buxoro viloyatida jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari o‘rganildi
2026-07-31 14:35:00 / Yangiliklar

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i F. Rustamov tomonidan Buxoro viloyatining Peshku tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulning asosiy maqsadi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining aloqa, telekommunikatsiya, axborotlashtirish hamda axborot sohasiga oid murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.
Qabul davomida mobil aloqa qamrovini kengaytirish, internet tezligi va sifatini yaxshilash, chekka hududlarda tayanch stansiyalarini qurish, optik tolali aloqa tarmoqlarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va internet nashrlari faoliyati bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan telekommunikatsiya va axborot sohasidagi amaliy masalalar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda nazorat faoliyatiga oid murojaat va takliflar bildirildi.
Tadbir doirasida sohani yanada rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan masalalarni hal etish yuzasidan fikr va takliflar muhokama qilindi.
