Sayyor qabul
2026-06-24 09:50:00 / E'lonlar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya xizmatlari iste’molchilari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i Rustamov Farrux Shohruxovich tomonidan joriy yilning 25-iyun kuni soat 10:00 da Farg‘ona viloyatida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Agar sizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq muammo, taklif yoki o‘zingizni qiziqtirgan savollar mavjud bo‘lsa, mazkur sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.
Manzil: Farg‘ona viloyati, Bog‘dod tumani, 16-sonli Bolalar musiqa maktabi binosi.
Batafsil ma’lumot olish uchun telefonlar:
+998 73 244-48-48
+998 73 244-50-00
