Rasmiy munosabat
2026-06-12 11:10:00 / Til bor - millat bor

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan telekommunikatsiya xizmatlari sifati bilan bog‘liq murojaatlar “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan muntazam kuzatib boriladi.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanida “Sarkor Telecom” internet provayderi xizmatlari sifati pastligi hamda abonentlarning murojaatlariga o‘z vaqtida javob berilmayotgani yuzasidan qoldirilgan murojaat yuzasidan o‘rganish boshlandi.
Hozirda xizmat ko‘rsatuvchi operator bilan bog‘lanilib, holatga aniqlik kiritilmoqda. O‘rganish yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan amaldagi tartibda tegishli choralar ko‘riladi.
