Rasmiy munosabat
2026-06-28 11:00:00 / Til bor - millat bor

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar tomonidan davlat xizmatlaridan foydalanish jarayoniga oid kelib tushayotgan murojaatlar “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan doimiy monitoring qilinadi.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda my.gov.uz portali orqali xizmatlardan foydalanishda MyID orqali shaxsni tasdiqlash jarayonida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani yuzasidan bildirilgan murojaat o‘rganilmoqda.
Dastlabki o‘rganishlar davomida so‘nggi 10 kun mobaynida MyID va my.gov.uz platformalari faoliyatida uzilish yoki to‘xtalish holatlari qayd etilmagani, tizimlar belgilangan tartibda ishlayotgani aniqlandi.
Fuqarolarga MyID orqali identifikatsiyadan o‘tishda qurilmaning texnik sozligi, internet tarmog‘i sifati hamda, ayniqsa, old kamera to‘liq va soz holatda ishlayotganiga e’tibor qaratish tavsiya etiladi.
