Farg‘onada IT-eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi yangi IT Park faoliyati bilan tanishildi
2026-06-26 14:45:00 / Yangiliklar

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i Farrux Rustamov Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida viloyatda barpo etilgan yangi IT Park faoliyati bilan tanishdi.
Tashrif davomida IT Parkda rezidentlar va IT-eksportyor korxonalar uchun yaratilgan zamonaviy infratuzilma hamda qulay shart-sharoitlar bilan tanishildi.
Shuningdek, IT-eksportyor korxonalarni keng jalb etish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarda IT ekotizimini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
