“O‘zkomnazorat” inspeksiyasida “Ma’naviyatli yoshlar – millat taxti” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
2026-06-26 10:30:00 / Yangiliklar

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasida “Yoshlar oyligi” doirasida “Ma’naviyatli yoshlar – millat taxti” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi professori hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Ma’rifat targ‘ibotchilar jamiyati” eksperti Dilorom Babajanova ishtirok etib, yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va ma’naviy barkamollik ruhida tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda yot g‘oyalar va zararli illatlardan asrash masalalari yuzasidan ma’ruza qildi.
Muloqot davomida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr almashildi. Tadbir savol-javoblarga boy, ochiq muloqot ruhida o‘tdi.
Shuningdek, 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan inspeksiyaning yosh xodimlari samimiy tabriklanib, ularga mustahkam sog‘lik, ulkan zafarlar hamda mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilandi.
