Sayyor qabul
2026-06-24 12:35:00 / E'lonlar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya xizmatlari iste’molchilari diqqatiga!
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi boshlig‘i tomonidan joriy yilning 25-iyun kuni soat 10:30 da jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Agar sizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq muammo, taklif yoki o‘zingizni qiziqtirgan savollar mavjud bo‘lsa, mazkur sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.
Manzil: Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumani, O‘zbekiston ko‘chasi, 1-uy (Jarqo‘rg‘on telekommunikatsiya bog‘lamasi binosi).
Batafsil ma’lumot olish uchun telefonlar:
+998 76 228-45-35
+998 99 673-84-26
