Sayyor qabul
2026-06-23 12:30:00 / E'lonlar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya xizmatlari iste’molchilari diqqatiga!
Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Sirdaryo viloyat hududiy bo‘limlari rahbarlari tomonidan joriy yilning 24-iyun kuni soat 10:00 da jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Agar sizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq muammo, taklif yoki o‘zingizni qiziqtirgan savollar mavjud bo‘lsa, mazkur sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.
Manzil: Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahri, “Binokor” MFY binosi.
Batafsil ma’lumot olish uchun telefonlar:
+998 67 235-00-75
+998 67 235-25-35
