Radioelektron vositalardan foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari yuzasidan seminar tashkil etildi
2026-06-21 14:00:00 / Yangiliklar

"O‘zkomnazorat" inspeksiyasining Samarqand viloyat hududiy bo‘limi hamda viloyat Elektromagnit moslashuv xizmati mutaxassislari tomonidan Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati xodimlari uchun o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda radiochastota spektridan foydalanish, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni qo‘llash sohasidagi amaldagi qonunchilik talablari hamda bu boradagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash jarayonida aniqlanadigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni texnik ekspertizadan o‘tkazish tartibi, ulardan foydalanishning qonuniyligi bo‘yicha xulosa berish amaliyoti yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida radioelektron vositalardan foydalanish qoidalariga rioya etishning ahamiyati va qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi. Bundan tashqari, soha mutaxassislari va ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, radiochastota spektridan qonuniy va samarali foydalanishni ta’minlashga qaratilgan masalalar yuzasidan fikr almashildi.
