Karmana tumanida radioelektron vositalardan tegishli ruxsatnomasiz foydalanish holati aniqlanib, chora ko‘rildi
2026-06-11 15:10:00 / Yangiliklar

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Navoiy viloyat hududiy bo‘limi, “Elektromagnit moslashuv xizmati” DUK hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida Karmana tumani hududida radioelektron vositalardan foydalanish bo‘yicha monitoring tadbirlari amalga oshirildi.
Unda Karmana tumani “Uyrot” MFY hududida fuqaro A.A tomonidan Baofeng “BF-888S” rusumli 6 dona radioelektron vosita tegishli ruxsatnomasiz foydalanib kelinayotganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga oid amaldagi qonunchilik talablari, davlat standartlari hamda texnik me’yorlar buzilgani qayd etildi.
Aniqlangan qoidabuzarlik bo‘yicha fuqaro A.A.ga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va qonunchilikka muvofiq ma’muriy chora qo‘llanildi.
