Sayyor qabul
2026-06-08 14:05:00 / E'lonlar

Raqamli texnologiyalar xizmatlari iste’molchilari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Navoiy viloyat hududiy bo‘limi rahbarlari ishtirokida joriy yilning 10-iyun kuni soat 10:30 da Konimex tumani “To‘qqiztepa” MFY binosida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Agar sizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish jarayonida muammo yoki savollar mavjud bo‘lsa, mazkur sayyor qabulda ishtirok etib, mutaxassislardan bevosita javob olishingiz mumkin.
Manzil: Konimex tumani, “To‘qqiztepa” MFY binosi
Batafsil ma’lumot uchun:
+998 79 223-84-84
+998 79 224-01-11
