“O‘zkomnazorat” inspeksiyasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
2026-05-25 14:55:00 / Yangiliklar

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasida fuqaro muhofazasi yo‘nalishida navbatdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad Inspeksiya xodimlari hamda fuqaro muhofazasi tuzilmalari a’zolarining tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish, tezkor qaror qabul qilish va hamkorlikdagi faoliyatini amaliy jihatdan mustahkamlashdan iboratdir.
O‘quv mashg‘uloti bir necha bosqichda tashkil etilib, unda shaxsiy tarkibni tezkor xabardor qilish va yig‘ish, maxsus texnika hamda vositalarning shay holatini tekshirish, xodimlarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, shuningdek, avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar bajarildi.
Shuningdek, mashg‘ulot davomida jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, moddiy boyliklarni xavfsiz joyga ko‘chirish hamda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha fuqaro muhofazasi tuzilmalarining o‘zaro hamkorligi sinovdan o‘tkazildi.
Bunday o‘quv mashg‘ulotlari xodimlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish, tezkor va muvofiqlashtirilgan harakatlarni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
