E’LON
2026-05-25 14:25:00 / E'lonlar

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish, axborot mahsulotlarini ekspertizadan o‘tkazish hamda yoshga oid tasniflash tizimini rivojlantirish maqsadida ommaviy axborot vositalari, noshirlik subyektlari hamda boshqa media sohasi vakillari uchun ekspertlarni tayyorlash bo‘yicha haftalik o‘quv kursi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
🗣️ Mazkur o‘quv kursi davomida ishtirokchilar bolalarni zararli axborotdan himoya qilish sohasidagi milliy qonunchilik, axborot mahsulotlarini ekspertizadan o‘tkazish tartiblari, axborot mahsulotlarini yoshga oid tasniflash mezonlari hamda bolalar uchun cheklangan va taqiqlangan axborot mahsulotlari turlarini farqlash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.
O‘quv kursida ishtirok etish uchun ommaviy axborot vositalari, nashriyot subyektlari hamda boshqa media sohasi tashkilotlari vakillari taklif etiladi.
💬 O‘quv kursida ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlardan 2026-yil 3-iyunga qadar Inspeksiyaning elektron pochta manziliga (bolalarkontenti@uzkomnazorat.uz) o‘zlari haqidagi ma’lumotlarni (F.I.Sh., lavozimi, telefon raqami), ID karta nusxasi hamda obyektivkasini taqdim etish so‘raladi.
📲 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 202-69-53
