Sayyor qabul
2026-05-19 16:50:00 / E'lonlar

Raqamli texnologiyalar xizmatlari iste’molchilari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Toshkent shahar hududiy bo‘limlari rahbarlari tomonidan joriy yilning 21-may kuni soat 11:00 da Toshkent shahri, Uchtepa tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Agar sizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish jarayonida muammo yoki savollar mavjud bo‘lsa, mazkur sayyor qabulda ishtirok etib, mutaxassislardan bevosita javob olishingiz mumkin.
Manzil: Uchtepa tumani, “Uchtepa” MFY binosi
Batafsil ma’lumot uchun telefonlar:
+998 71-202-69-90
+998 71-202-69-91
