Sayyor qabul
2026-05-19 16:50:00 / E'lonlar

Raqamli texnologiyalar xizmatlari iste’molchilari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Navoiy viloyat hududiy bo‘limlari rahbarlari tomonidan joriy yilning 21-may kuni soat 11:00 da Qiziltepa tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Agar sizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish jarayonida muammo yoki savollar mavjud bo‘lsa, mazkur sayyor qabulda ishtirok etib, mutaxassislardan bevosita javob olishingiz mumkin.
Manzil: Qiziltepa tumani, “Demas” MFY binosi
Batafsil ma’lumot uchun telefonlar:
+998 79 223-84-84
+998 79 224-01-11
