Yangiariq tumanidagi IT Parkda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishildi
2026-05-19 16:00:00 / Yangiliklar

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i F. Rustamov Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida joylashgan IT Park binosiga tashrif buyurib, u yerda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud imkoniyatlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida IT Park hududida yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda raqamli sohada yangi tashabbuslarni amalga oshirish uchun yaratilgan infratuzilma ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, yoshlar uchun tashkil etilgan o‘quv xonalari, kovorking maydonlari hamda IT yo‘nalishida ta’lim olish va amaliy tajriba orttirish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif davomida yoshlarni raqamli texnologiyalar sohasiga keng jalb etish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va hududlarda IT ekotizimini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
