Xorazm viloyatida “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i ishtirokida soha korxonalari rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-05-19 15:20:00 / Yangiliklar

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i F. Rustamov Xorazm viloyatida telekommunikatsiya va aloqa sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalarni muhokama qildi.
Uchrashuvda fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, ularning asosiy yo‘nalishlari va mavjud muammolar muhokama qilindi. Xususan, internet sifati va qamrovi, mobil aloqa barqarorligi, raqamli xizmatlardan foydalanishdagi texnik va tashkiliy muammolar ko‘rib chiqildi.
Mas’ullar tomonidan viloyat hududlarida soha yo’nalishlarini rivojlantirish hamda aholi uchun yanada qulay sharoit yaratish bo‘yicha taklif va chora-tadbirlar ilgari surildi. Shuningdek, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va joylarda xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
