


Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanuvchilar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Sirdaryo viloyat hududiy bo‘limlari rahbariyati tomonidan joriy yilning 15-may kuni soat 10:00 da jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Agar sizda internet, mobil aloqa, telekommunikatsiya xizmatlari hamda axborot texnologiyalari va raqamli xizmatlardan foydalanish jarayoniga oid muammo va savollar mavjud bo‘lsa, mazkur sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.
Manzil: Oqoltin tumani, “Ahillik” mahallasi, Turkiston ko‘chasi, 1-uy (MFY binosi)
Batafsil ma’lumot uchun:
+998 67 235-00-75
+998 67 235-25-35