Toza shahar uchun — velosiped harakatini targ‘ib qilamiz!
2026-05-13 16:25:00 / E'lonlar

Shahrimizni yanada toza, sog‘lom va qulay yashash muhitiga aylantirish barchamizning umumiy vazifamizdir.
Qisqa masofalarda avtomobil o‘rniga velosipeddan foydalanish tirbandlikni kamaytirish, atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.
Bugundan boshlab quyidagi ijobiy odatlarni kundalik hayotimizga joriy etishga chaqiramiz:
Qisqa masofalarda velosipedda harakatlaning;
Atrof-muhitni asrang va ekologik madaniyatni oshiring;
Faol va sog‘lom hayot tarzini tanlang.
Kelajak avlod uchun toza va sog‘lom muhit yaratish yo‘lida birgalikda harakat qilaylik!
