9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan G‘alaba bog‘iga tashrif tashkil etildi
2026-05-08 16:20:00 / Yangiliklar

9-may — Xotira va qadrlash kunini munosib nishonlash, xalqimizning Ikkinchi jahon urushi yillaridagi jasorati va matonatini yod etish, shuningdek, tarixiy xotirani asrab-avaylash maqsadida Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlari G‘alaba bog‘iga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida xodimlar Ikkinchi jahon urushi davridagi voqealarni aks ettiruvchi tarixiy ekspozitsiyalar, harbiy texnikalar, muzey eksponatlari hamda memorial majmualar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, urush va mehnat frontida fidokorona xizmat qilgan ajdodlar xotirasi hurmat bilan yod etildi.
G‘alaba bog‘i hududida joylashgan “Shon-sharaf” muzeyi, tarixiy kompozitsiyalar hamda urush davri muhitini aks ettiruvchi eksponatlar xodimlarda katta taassurot qoldirdi. Tashrif davomida yurt tinchligi va osoyishtaligini qadrlash, tarixiy merosni asrab-avaylash hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tashrif xodimlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, tarixiy xotiraga hurmat ruhini kuchaytirish hamda jamoa o‘rtasida hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
