“O‘zkomnazorat” inspeksiyasida 7-may – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
2026-05-07 12:45:00 / Yangiliklar

Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, raqamli infratuzilmani takomillashtirish hamda zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini keng joriy etish yo‘lida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda soha xodimlarining fidokorona mehnati va kasbiy mahorati alohida ahamiyat kasb etadi.
Shu munosabat bilan “O‘zkomnazorat” inspeksiyasida 7-may – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosib tarzda nishonlanib, bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Inspeksiya tizimida samarali faoliyat yuritib kelayotgan, sohani rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh xodim va mutaxassislar taqdirlandi. Taqdirlash marosimida “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi boshlig‘i F. Rustamov ishtirok etib, soha xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jamiyat va iqtisodiyot rivojining muhim omiliga aylanib bormoqda. U nafaqat boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilmoqda, balki ta’lim, xizmat ko‘rsatish hamda kundalik hayotning barcha sohalarida yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Shu yo‘lda fidokorona mehnat qilayotgan soha xodimlarining hissasi alohida e’tirofga loyiqdir.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda aholiga zamonaviy raqamli xizmatlarni ko‘rsatish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Ushbu yutuqlarga erishishda soha mutaxassislarining fidokorona mehnati muhim va hal qiluvchi o‘rin tutadi.
