


Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanuvchilar diqqatiga!
Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Andijon viloyat hududiy bo‘limi rahbari tomonidan joriy yilning 23-aprel kuni soat 11:00 da Andijon viloyati Bo‘ston tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Agar sizda internet, mobil aloqa, telekommunikatsiya xizmatlari, axborot texnologiyalari, shuningdek raqamli xizmatlardan foydalanish jarayoniga oid muammo va savollar mavjud bo‘lsa, mazkur sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.
Manzil: Andijon viloyati, Bo‘ston tumani, 48-sonli umumta’lim maktabi binosi.
Batafsil ma’lumot uchun:
+998 74 226-10-21
+998 74 226-10-22