Sayyor qabul
2026-04-21 10:45:00 / E'lonlar

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanuvchilar diqqatiga!
Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo‘limlari rahbarlari tomonidan joriy yilning 22-aprel kuni soat 11:00 da Toshkent shahri Chilonzor tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi. Mazkur sayyor qabulda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida faoliyat yurituvchi korxona va tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etadi.
Agar sizda internet, mobil aloqa, telekommunikatsiya xizmatlari, axborot texnologiyalari hamda raqamli xizmatlardan foydalanish bilan bog‘liq muammo va savollar mavjud bo‘lsa, ushbu sayyor qabulda ishtirok etib, murojaatlaringizga yechim olishingiz mumkin.
Eslatma: fuqarolardan o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) olib kelishlari so‘raladi.
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 19-mavze, 20/1-uy (“Kichik Xirmontepa” MFY ma’muriy binosi).
Batafsil ma’lumot uchun:
+99871 202 69 90
