


Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari xizmatlaridan foydalanuvchilar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Xorazm viloyat hududiy bo‘limlari rahbarlari tomonidan joriy yilning 22-aprel kuni soat 12:00 da Hazorasp tumanida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Agar sizda internet, mobil aloqa, telekommunikatsiya xizmatlari, axborot texnologiyalari hamda raqamli xizmatlardan foydalanish jarayoniga oid muammo va savollar mavjud bo‘lsa, mazkur sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.
Manzil: Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, Navoiy ko‘chasi, 40-uy
📞 Batafsil ma’lumot uchun:
+998 62 225-49-42
+998 62 225-68-54