“O‘zkomnazorat” inspeksiyasida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish mavzusida tadbir o‘tkazildi
2026-04-17 15:30:00 / Yangiliklar

Yurtimizda fuqarolar ongini turli zararli g‘oyalardan himoya qilish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash hamda jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan “O‘zkomnazorat” inspeksiyasida “Terrorizm va ekstremizm – taraqqiyot dushmani, xalq tinchligi va osoyishtaligiga tahdid” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ul xodimi Melikuziyev Jahongir Valijonovich ishtirok etib, terrorizm va ekstremizmning mohiyati, ularning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri hamda bu kabi tahdidlarga qarshi kurashishda hushyorlik va ogohlik muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Shuningdek, mamlakatimizda diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, millatlararo totuvlikni ta’minlash hamda yoshlarning mafkuraviy immunitetini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, axborot makonida uchrayotgan zararli kontentlardan ogoh bo‘lish va raqamli gigiyena qoidalariga amal qilish zarurligi ham alohida qayd etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan bildirilgan fikr va mulohazalar atroflicha ko‘rib chiqilib, axborot xavfsizligini ta’minlash, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda raqamli makonda turli tahdidlarga nisbatan hushyorlikni oshirishga oid masalalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
