Mobil aloqa xizmatlari sifati bo‘yicha milliy standart joriy etildi
2026-03-30 15:10:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston standartlar institutining 2026-yil 30-yanvardagi 3/MSt-26-son buyrug‘i bilan O‘z MSt 852:2026 “Telekommunikatsiyalar tarmoqlari. Mobil aloqa tarmoqlarining xizmatlari sifatining ko‘rsatkichlari, normalari va baholash usullari” nomli O‘zbekiston milliy standarti tasdiqlandi.
✅ Mazkur standart joriy yil 30-martdan boshlab kuchga kiradi hamda mobil aloqa xizmatlari sifatini baholashning yagona mezonlarini belgilaydi.
Yangi standartda xizmatlar sifatining asosiy ko‘rsatkichlari, ularni baholash usullari hamda abonentlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning uzluksizligi, barqarorligi va ishonchliligini ta’minlashga qaratilgan talablar o‘z aksini topgan.
📉 Mazkur hujjatning joriy etilishi telekommunikatsiya xizmatlari sifatini oshirish, abonentlar manfaatlarini himoya qilish hamda sohada yagona yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ma'lumot uchun, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi tomonidan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini tashkil etishda mazkur standart talablariga qat’iy rioya etish zarurligi yuzasidan mobil aloqa operatorlariga tegishli tartibda axborot yetkazildi.
