“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi jamoasi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan tanishdi
2026-03-30 14:35:00 / Yangiliklar

“O‘zkomnazorat” inspeksiyasi xodimlari Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati va ekspozitsiyalar bilan tanishib, O‘zbekistonning boy tarixiy va madaniy merosini saqlash, tadqiq etish va keng jamoatchilikka taqdim etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot oldi.
Markaz — O‘zbekistonni ilm‑fan, madaniyat va ma’naviyat markazi sifatida dunyoga tanitishga qaratilgan yirik ilmiy‑ma’rifiy kompleks bo‘lib, jahon sivilizatsiyasining taraqqiyoti va o‘zbek allomalarining huquq, falsafa, tibbiyot, astronomiya kabi sohalarga qo‘shgan hissasini yoritadi.
Eksponatlar orasida qadimiy qo‘lyozmalar, tarixiy artefaktlar, interaktiv ko‘rgazmalar va raqamlashtirilgan multimedia materiallar mavjud bo‘lib, ularning maqsadi yosh avlodda tarixiy tafakkur va ilm‑ma’rifatga qiziqishni oshirishdir.
Markaz 2017‑yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, u tarixiy merosni o‘rganish hamda global miqyosda ilmiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
