Sayyor qabul
2026-03-24 17:25:00 / E'lonlar

Axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari foydalanuvchilari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Andijon viloyat hududiy bo‘limi tomonidan joriy yilning 26-mart kuni soat 10:00 da Andijon shahrida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Agar sizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari xizmatlaridan foydalanishda muammo va o‘zingizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa sayyor qabulga tashrif buyuring.
📌Manzil: Andijon shahri, Qo‘shariq dahasi, 3-sonli umumta’lim maktabi binosi.
📲 Batafsil ma’lumot olish uchun telefon raqamlar:
+998 74 226-10-21;
+998 74 226-10-22
