“RWC” MChJ (Perfectum) mobil aloqa operatori mansabdor shaxsiga nisbatan chora ko‘rildi
2026-03-17 16:35:00 / Yangiliklar

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Sijjak” MFYda yashovchi fuqaro tomonidan “RWC” MChJ (Perfectum mobil aloqa operatori) xizmatlarining sifatsizligi hamda aloqa tarmog‘ining tez-tez uzilib qolishi yuzasidan “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining 1144 qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga murojaat kelib tushdi.
Mazkur murojaat asosida “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Toshkent viloyat hududiy bo‘limi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida mobil aloqa operatori tomonidan xizmatlarni sifatli va uzluksiz ko‘rsatish bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablariga to‘liq rioya etilmagani aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan operatorning mas’ul mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli hujjatlar belgilangan tartibda sud organlariga yuborildi.
Ma'lumot o'rnida, fuqarolar AKT xizmatlari sifati bilan bog‘liq murojaatlarini “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining 1144 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” orqali qoldirishlari mumkin.
